Total nazorat: Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda pasport orqali ro‘yxatdan o‘tiladi
Olam
−
24 Oktabr 2021
3658Rossiya hukumati mamlakat internet makonida tezkor xabar almashish ilovasi foydalanuvchilarini majburiy identifikatsiya qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Sputnik” yozmoqda.
Hujjatga ko‘ra, yangi qoidalar kelasi yilning 1 martidan kuchga kiradi va mamlakatda 6 yil amal qiladi.
Messenjerlar aloqa operatorlaridan ma’lumotlarni so‘rashni boshlaydilar. Ular, o‘z navbatida, foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin 20 daqiqadan kechiktirmay kerakli ma’lumotlarni taqdim etishlari shart bo‘ladi.
Pasport ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan yoki mos kelmagan taqdirda messenjer foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortadi.
Qayd etilishicha, muvaffaqiyatli tekshirishdan so‘ng, foydalanuvchiga identifikatsiya kodi beriladi. Uyali aloqa operatorini o‘zgartirganda uni yangilash kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi