Toshket shahar IIBB boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Polkovnik Ravshan Irkinovich Sultonxo‘jayev Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari – Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar polkovnik Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Jasur Hikmatovich Yusupov tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq General-mayor Azizbek Ikromov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Shuningdek, polkovnik Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

330

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing