Toshkentning uch hokimiga hayfsan berildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 yanvaridan boshlab, Jahongir Ortiqxo‘jayevdan qolgan o‘rinni egallab, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajarib kelayotgan 64 yashar Baxtiyor Rahmonov poytaxtning 3 ta tumani hokimi ga hayfsan berish haqidagi farmoyishni imzoladi. 16 fevral kuni imzolangan farmoyish matni “e-qaror”ga joylashtirildi. 

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023 yil 30 yanvardagi 02-PA 1-1954-sonli xatiga asosan hududda qishga tayyorgarlik hamda uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmaganligi, mahallalarga chiqib, aholi bilan muloqotlar va tushuntirish ishlarini olib bormaganligi uchun Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Turdiyevich Ergashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Ravshanovich Abdullayev va Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abdulxayevich Abduvaliyevga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing