Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasining dastlabki eskizlari namoyish etildi
Jamiyat
−
28 iyun 2022
6071Toshkent shahar hokimligi qayta tiklanishi aytilgan poytaxtning qadimiy 12 darvozasinining dastlabki eskizlarini namoyish etdi. Ushbu eskizlar joriy yilning 24 iyun kuni shahar hokimining o‘rinbosari Faxriddin Davrukov raisligida poytaxtning 12 ta tarixiy darvozalarini qayta tiklash bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rsatilgan.
Eksperlar ishtirok etgan uchrashuvning birinchi qismida konseptual masalalar muhokama qilingan. Ulardan asosiylari:
• Turistik diqqatga sazovor joylar va ob’ektlarning tarixiy jihatdan haqqoniyligini qanday birlashtirishi. Qadimgi darvozaga shartli ravishda o‘xshash zamonaviy inshootni qurish mumkinligi;
• Darvozalar o‘rnida qurilmalar mavjud. Tarixiy joylashuvga qat’iy rioya qilishnishi yoki darvozani bo‘sh joyga ko‘chirilishi;
• Qanday qilib qurilgan darvozalarni atrofdagi binolar, yo‘llar, bog‘lar, kanallar bilan optimal tarzda birlashtirish;
• Darvoza bitta bino yoki o‘z ichiga muzeylar, qo‘riqchilar haykallari, yodgorliklar do‘konlari, hunarmandlar rastalari va boshqa tegishli infratuzilmaga ega sayyohlik majmuasi bo‘lishi.
Tadbirning ikkinchi qismida Yagona buyurtmachi xizmati Injiniring kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar ko‘rib chiqilgan. Kompaniya takliflarini kelgusi ish uchun zamin sifatida qabul qilishga qaror qilingan.
Har bir masala yuzasidan takliflar bildirilib, fikr-mulohazalar to‘plangan. Ishchi guruh optimal yechim ishlab chiqish uchun yig‘ilishlarni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent hokimligida ishchi guruh poytaxtning qadimiy 12 darvozasini tiklashga kirishgandi. Joriy yilning o‘zida o‘n ikkita qadimiy darvozadan ikkitasi qayta tiklanadi.
LiveBarchasi