Toshkentning ikki tumanida gaz va issiqlik tizimi vaqtinchalik o‘chiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 23 mart kuni Toshkent shahrining  Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minoti uziladi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 23 mart kuni  Yashnobod tumanidagi ba’zi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli soat 10:00 dan 18:00 gacha bir necha manzilgohlarda gaz ta’minoti uziladi, ba’zilarida gaz bosimi pasayadi.

“Toshissiqquvvati” DUK Mirzo Ulug‘bek tumani boshqarmasining xabar berishicha, Feruza ko‘chasidagi magistral issiqlik quvurlarda avariya holati aniqlangan. Shu munosabat bilan bugun, 23 mart soat 9:00 dan 17:00 ga qadar Feruza mavzesida joylashgan 110 ta ko‘p qavatli uy, 6 ta MTT va 1 ta kasalxona binolarida issiqlik tizimi vaqtinchalik o‘chiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing