Toshkentning ayrim tumanlarida gaz o‘chirildi
Jamiyat
−
04 dekabr 3369 1 daqiqa
Bugun, 4 dekabr kuni Toshkent shahrining Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida ta’mirlash ishlari tufayli soat 10:00 dan 18:00 gacha aholi iste’molchilarida tabiiy gaz bosimi vaqtincha pasayadi, ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, quyidagi hududlarda tabiiy gaz uzilishlari kuzatilishi mumkin:
Sergeli tumani:
“Nurhayot”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Daryo bo‘yi”, “Sofdil” va “So‘g‘diyona” MFYlaridagi 124 ta ko‘p qavatli uy, 833 ta yerli xonadonda gaz bosimi pasayadi, “So‘g‘diyona” MFYdagi 8 ta ko‘p qavatli uy va 860 ta yerli xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ulgurji iste’molchilar soni: 71 ta.
Yangihayot tumani:
“Olchazor”, “Xushnud”, “Yorqin hayot”, “Chorbog‘” va “Viqor” MFYlari 45 ta ko‘p qavatli uy, 899 ta yerli xonadonda gaz bosimi pasayadi.
Ulgurji iste’molchilar soni: 89 ta.
Bildirilishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshirilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi