Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 9 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkentning oltita tumanidagi ayrim ko‘chalar soat 00:00 dan 07:00 ga qadar vaqtincha yopiladi va bu yo‘nalishlarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:

Olmazor tumani:

"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasining A.Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Chilonzor tumani:

“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor 2-darajali yo‘lining Muqimiy ko‘chasidan Baynalmilal ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galliota ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan A.To‘qay ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Shayxontohur tumani:

“Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Kamolon ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Kattabog‘ 6-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha darboza ko‘chasining Nurafshon ko‘chasidan Beshqayrag‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yunusobod tumani:

“Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Sh.Rashidov ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

“Mirza Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasining A.Temur shoh ko‘chasidan Bodomzor yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Maz’un” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Qushbegi ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Tolimarjon ko‘chasidan A.Fitrat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Qayd etilishicha, shu bilan bir qatorda sharoit taqozo etganda, shahardagi boshqa jome masjidlari atrofidagi ko‘chalar ham qisman yopilishi mumkin.

Shuningdek, sharoit taqozo etganda, shahardagi boshqa jome masjidlari atrofidagi ko‘chalar ham qisman yopilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing