Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat

image

Bugun, 19 mart kuni poytaxtning Yangi hayot tumani ayrim hududlarida ta’mirlash ishlari sababli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, soat 11:00-17:00  vaqt oralig‘ida “Sputnik”  5-7-15 mavzelaridagi ko‘p qavatli 30 ta uylarning 976 ta aholi va 11-12-13-14 mavzelaridagi Chortoq, Rayhon va Daryo bo‘yi ko‘chalaridagi 1377 ta yerli xonadonlari hamda manzildagi 69 ta ulgurji iste’molchilari tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing