Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha gazsiz qoldiriladi
Jamiyat
−
29 aprel 2021 4975 1 daqiqa
Ertaga, 30 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Olmazor tumanidagi “Innovatsion markazi”ga montaj qilingan yer osti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda istiqomat qiluvchi iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uziladi.
Tuman hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, gazjan uziladigan hududlar quyidagilar:
- “Beruniy” MFY;
- “Shifokorlar” MFY;
- “Jiydali” MFY;
- “Hislat” MFY.
“HUDUDGAZTA’MINOTI” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Live
Barchasi