Toshkentning ayrim hududlari “svet”siz qoldi

Jamiyat 7488
image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining qator tumanlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Xususan, Chilonzor tumanida svetoforlar ishlamay qolgani aytilmoqda.

Energetika vazirligi ta’minotdagi uzilishlar anomal issiq tufayli yuzaga kelayotganini ma’lum qildi. Muammolar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etilayotgani qo‘shimcha qilingan.

“Anomal issiq tufayli ayrim hududlardagi elektr ta’minotida yuzaga kelayotgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilishi ta’minlanmoqda

Ma’lumki, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida havo haroratining anomal isib ketishi natijasida ayrim joylardagi transformator punktlari hamda kabel tarmoqlarida iste’mol yuklamasi ortishi kuzatilib nosozliklar kelib chiqmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo‘ylab tunu-kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, yuzaga kelgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etib borilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 222
Reyting: 3
t
×