Toshkentning 8 ta asosiy ko‘chasi vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkentda marafon o‘tkazilishi munosabati bilan 8 ta ko‘chada harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25 mart kuni soat 16:00 dan 27 mart kuni soat 18:00 gacha “Olmazor” ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha harakat cheklanadi. Shuningdek, 27 mart kuni soat 05:00 dan 18:00 gacha:

•  Islom Karimov ko‘chasi: Olmazor ko‘chasidan Sh.Rashidov ko‘chasigacha;

•  Sharof Rashidov ko‘chasi: I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;

•  Shahrisabz ko‘chasi: A.Temur ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;

•  Afrosiyob ko‘chasi: Shaxrisabz ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha;

•  Oybek ko‘chasi: Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;

•  Nukus ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;

•  Abdulla Qodiriy ko‘chasi: Abay ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing