Toshkentning 6 ta ko‘chasida transport harakati cheklanadi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan oltita ko‘chada avtotransport harakati qisman cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirobod tumanining bir necha ko‘chalarida yo‘l ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Shu sababdan:

•  Mehrjon va Kichik xalqa yo‘li kesishmasi;
•  Kichik xalqa yo‘li va Avliyo ota ko‘chalari kesishmasi;
•  Temiryo‘lchilar va Sariko‘l ko‘chalari kesishmasi;
•  Mehrjon va Sariko‘l ko‘chalari kesishmasi;
•  Oybek va Kichik xalqa yo‘li ko‘chalari kesishmasi;
•  Turkiston va Kichik xalqa yo‘li kesishmasi.

“Ish jarayonida yo‘l yopilmaydi, balki ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing