Toshkentning 4 tumani aholisi 2 kun suvsiz qoladi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent shahrining Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning ta’mirlanishi sababli joriy yilning 10 aprel kunidan soat 9:00 dan 12 aprel soat 9:00 gacha 4 ta tuman aholisi suvsiz qoladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ xabar berdi.

Quyida suvsiz qoladigan tumanlar ro‘yxati keltiriladi:

Sergeli tumanining Jun, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Yuqori Darxon, Qut Baraka, Sug‘diyona, Qumariq, Oltin Vodiy, Uchuvchilar, Bunyodobod mahallalarida;

Yangixayot tumanining Viqor, Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Yo‘ldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Chortoq, Iqbol, Fayzli, Toshkent mahallalarida;

Yakkasaroy tumanining Boshliq, Qushbegi mahallalarida, Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, A.Qaxxor ko‘chalarida;

Mirobod tumaninining Temiryo‘lchilar, Zaminobod, Birodarlik mahallalarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent suvsiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing