Toshkentni yamash uchun 584 mlrd kredit ajratildi
Jamiyat
−
09 fevral 2023
7523Toshkentdagi ichki yo‘llar va ob’ektlarni ta’mirlash uchun 584 mldr so‘m foizsiz kredit ajratildi. Bu bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot ko‘rgan mahallalardagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, muhandislik-kommunikatsiya ob’ektlarini ta’mirlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot ko‘rgan mahallalardagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, muhandislik-kommunikatsiya ob’ektlarini ta’mirlash va obodonlashtirish uchun Toshkent shahar hokimligiga 584 mlrd so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratiladi.
Mazkur kredit mablag‘larining 200 mlrd so‘mi 2023 yilning IV choragida, 384 mlrd so‘mi 2024 yilning har choragida teng ulushlarda Toshkent shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan Jamg‘armaga qaytariladi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi ushbu kredit mablag‘lari hisobidan Toshkent shahrining har bir mahallasiga qo‘shimcha 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratadi. Poytaxtning tuman hokimliklari mahallalar raislari bilan birgalikda mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning ro‘yxatlarini xalq deputatlari tuman Kengashlarida muhokama qilib, tasdiqlaydi.
LiveBarchasi