Toshkentlik tadbirkor oilasi bilan TATU hududida miting o‘tkazdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida kanselyariya mollari bilan savdo qiluvchi tadbirkor A.T.Abduvohidov va uning 5 nafar oila a’zolari miting o‘tkazgan. Bu haqda universitet rahbariyati ma’lum qildi, deb yozmoqda “Sputnik”.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkorga 2018 yilda TATU yo‘laklari va o‘tish joylarida qog‘oz va turli kanselyariya mollari bilan savdo qilish, nusxa ko‘chirish va shu kabi ishlar bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgan. 2019 yilning iyunida tadbirkorga universitet hududidan joy taklif qilingan, ammo unga yo‘laklarda savdo qilish ma’qul kelgani tufayli, u bu taklifni e’tibordan chetda qoldirgan.

2018-2019 o‘quv yilida universitet rahbariyati berilgan taklifni rad etgani uchun tadbirkor bilan ijara shartnomasini imzolamagan.

Shundan so‘ng Abduvohidov o‘z oila a’zolari bilan universitet rektori qabulxonasiga ruxsat etilmagan holda “bostirib” kirib, u yerda to‘polon ko‘targan. Uning farzandlari mazkur jarayonni qo‘l telefonlari orqali tasvirga tushirgan va ijtimoiy tarmoqlarga, qolaversa, xalqaro ommaviy axborot vositalariga tarqatishlarini aytishgan. 

So‘ngra ular universitet binosi oldiga chiqib, plakatlar ko‘tarib “namoyish” uyushtirishgan hamda universitet faoliyatiga oid, ya’ni “o‘qish sifati past” kabi gaplarni oliygoh hovlisida talabalar e’tiborini tortadigan darajada baland ovozda baqirib aytgan va jamoat tartibini buzgan. 

Universitet tadbirkor A.T.Abduvohidovning ushbu xatti-harakati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq qonunchiligi va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi tegishli qonunchilik normalariga zid keladi, deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, tadbirkor A.T.Abduvohidov va uning oila a’zolari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning rahbariyati sha’niga putur yetkazgan, deb biladi.

Universitetda faoliyat yuritayotgan xodimlar, talabalar ushbu “namoyish”ni keskin qoralamoqda, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar