Toshkentlik ota 360 million so‘m aliment to‘ladi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
5773O‘z farzandlarinig voyaga yetgunga qadar moddiy ta’minotini ta’minlab turish har bir ota-onaning burchidir. Oilaviy ajrim yuz berganda, ta’minot aliment orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2016 yil 7 apreldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor S.Po‘latovdan undiruvchi F.Po‘latova foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandlarining ta’minoti uchun qarzdorning oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan to farzandlari voyaga yetguniga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan har oyda ½-qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 145-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli Qarori talabidan kelib chiqib bo‘limda qarzdor bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganda qarzdor S.Po‘latovga aliment pullarini farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘liq to‘lash huquqi borligi tushuntirildi.
Shunga ko‘ra, qarzdor S.Po‘latov undiruvchi F.Po‘latova bilan kelishib, farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar jami 360 million so‘m aliment pullari undiruvchining joriy ylining 15 oktyabrdagi tilxatiga asosan to‘liq undirilgan va ijro ishi yurituvi tamomlangan.
LiveBarchasi