Toshkentlik xonanda “Golos” ishtirokchisiga aylandi (video)

Madaniyat-san’at

image

Toshkentlik xonanda Aleksandr Li Rossiyaning “Perviy kanal” (Birinchi kanal)dagi “Golos” (“Ovoz”) musiqiy shousining birinchi bosqichidan o‘tdi.

29 yoshli Aleksandr qo‘shiqchi Slava Marlow’ning “Ti gorish kak ogon” (“Sen olovdek yonyapsan”) qo‘shig‘ini ijro qilgan. Shouda ishtirok etayotgan 4 hakamdan ikkisi (Pelageya va Leonid Agutin) toshkentlik xonandaning ijrosini ma’qul deb topdi va u bilan ishlash istagini bildirdi.  

O‘z navbatida, Aleksandr Lida tanlash imkoni paydo bo‘ldi va u Leonid Agutin bilan ishlamoqchiligini ma’lum qildi hamda uning jamoasiga qo‘shildi.  

“Men uchun u afsonadir! (Agutin haqida). Ijrodan oldin xavotirda edim. Lekin [sahnaga] chiqishing bilan musiqa yangrashni boshlaydi, so‘ngra odatiy muhit paydo bo‘ladi va hammasi iziga tushadi”, deydi xonanda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u avvallari avtomobil yuvish shoxobchasida ishlagan bo‘lsa-da, hozir qo‘shiqchilik uning yagona kasbidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing