Toshkentga yo‘l olgan Mersedes Benz'dan qalbaki dorilar topildi 

3-sahifa

image

112,5 mln so‘mlik qalbaki dori vositalarini Toshkentga "o‘tkazish" maqsadida olib kelayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda "Muntazam" YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

"Farg‘ona-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan  Mersedes Benz rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqarolar S.K. va X.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 3 xil turdagi 112,5 mln so‘mlik qalbaki dori vositalarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

qalbaki dorilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar