Toshkentga yangi elektrovozlar olib kelindi

Jamiyat

image

Toshkent shahriga yangi elektrovozlar olib kelindi va ularning soni 115 taga yetdi. Bugun, 28 avgust kuni Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalida Rossiya Federatsiyasining Novocherkas shahridagi “Transmashxolding” AJda ishlab chiqarilgan uch seksiyali 3YeS5K seriyali 3 ta yangi Ermak elektrovozi olib kelindi.

Bildirilishicha,“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Transmashxolding” AJ o‘rtasida bir qator shartnomalar tuzilgan. Mazkur kelishuvga asosan, O‘zbekistonga 2018 yilda 2 ta, 2020 yilning iyul oyida esa yana 2 ta 3 seksiyali shu korxonada ishlab chiqarilgan yangi Ermak nomli elektrovoz keltirildi.

Qayd etilishicha, olib kelingan poyezdlar harakatlanishi murakkab bo‘lgan tog‘li hududlarda ham ko‘ngildagidek harakatlangan. Elektrovoz eng issiq yoz va qahraton sovuq kunlarga ham bardosh bera oladi.

Yangi keltirilgan elektrovozlarda Toshkent, Qarshi hamda “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi hududidagi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi viloyati yo‘nalishlarida harakatlanadigan yuk poyezdlariga xizmat ko‘rsatiladi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur Ermak elektrovozining quvvati soatiga 9840 kVt, harakatdagi minimal tezligi esa 49,9 km/soatni tashkil qiladi. Lokomotiv kabinasi to‘liq kompyuterlashtirilgan bo‘lib, haydovchi uchun barcha qulayliklarga ega.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing