Toshkentga eng ko‘p qaysi viloyatliklar ko‘chib kelgani aytildi
Bu qiziq
−
04 mart 2023
324812022 yilda Toshkent shahriga eng ko‘p Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan odamlar ko‘chib kelgan. Bu haqda Statistika agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 45 689 kishini tashkil etgan. Shulardan eng ko‘p Toshkent viloyatining, eng kam esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining odamlari poytaxtni tanlagan.
2022 yilda Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni quyidagicha:
Toshkent viloyati – 18648 kishi;
Qashqadaryo viloyati – 5924 kishi;
Samarqand viloyati – 3486 kishi;
Surxondaryo viloyati – 2853 kishi;
Buxoro viloyati – 2777 kishi;
Farg‘ona viloyati – 2181 kishi;
Andijon viloyati – 1716 kishi;
Xorazm viloyati – 1688 kishi;
Navoiy viloyati – 1529 kishi;
Namangan viloyati – 1521 kishi;
Jizzax viloyati – 1303 kishi;
Sirdaryo viloyati – 1074 kishi;
Qoraqalpog‘iston – 989 kishi.
LiveBarchasi