Toshkentga 56 bosh timsoh bolalarini olib kirayotgan fuqaro qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
31 avgust 2022
24109Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida 56 bosh timsoh bolalari noqonuniy olib o‘tilayotgani aniqlandi. Bu haqda bugun, 31 avgust kuni Davlat Bojxona xizmati ma’lum qildi.
QALAMPIR.UZ’ga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan 30 avgustdan 31 avgustga o‘tar kechasi “Toshkent” xalqaro aeroportida “Qoxira-Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan va bojxonadan “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.S.ning bagajlari ko‘zdan kechirilganda, bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan 56 bosh tirik timsoh bolalari borligi aniqlandi.
Bojxona xizmati xodimlari tomonidan ushbu holatga darhol chek qo‘yilgan.
Bojxona matbuot xizmati kotibining so‘zlariga ko‘ra, timsohlardan tashqari yana boshqa hayvon turlari ham aniqlangan.
Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi