Toshkentga hujjatsiz kiritilayotgan 2,5 tonnadan ortiq go‘sht aniqlandi
3-sahifa
−
25 fevral 2023
4116Sirdaryo viloyati hududida joylashgan yo‘l-transport polisi postidagi tezkor tadbirda Samarqand viloyatida yashovchi 24 yoshli A.R. boshqaruvidagi “Isuzu” avtomashinasi to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatidan Toshkentga kelayotgan “Isuzu” yukxonasida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 2590 kilogramm hayvon go‘shtini hech qanday hujjatsiz olib kirishga urinilgan.
Hozirda mahsulot Guliston shahrida joylashgan korxonalardan birining omboriga vaqtincha joylashtirildi. Avtomobil esa jarima maydonchasiga kiritildi.
“Hayvonlar kasalliklari tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi” mutaxassislari tomonidan laboratoriya tadqiqoti uchun go‘sht namunalari olindi.
Ayni vaqtda, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Umida Muxtorbekova
LiveBarchasi