Toshkentdan Seulga uchgan samolyotda yo‘lovchi vafot etdi
Jamiyat
−
28 avgust 2022 19717 1 daqiqa
Toshkentdan Seulga uchgan samolyot yo‘lovchi o‘limi tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo neba” Telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreyaning “Asiana Airlines” aviakompaniyasining kecha, 27 avgust kungi HL7746 reysida ayol kishi vafot etgan.
Shu sababli samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgan.
Live
Barchasi