Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot majburan Trabzon aeroportiga qo‘ndirildi

Jamiyat

image

Kecha, 25 may kuni Toshkent – Istanbul yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot majburan Turkiyaning Trabzon aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ ma’lum qildi.

HY-273 Toshkent – Istanbul aviaqatnovini amalga oshiruvchi havo kemasi jadvalga muvofiq Toshkentdan parvozni boshlagan. Texnik sabablarga ko‘ra havo kemasiToshkent vaqti bilan soat 21:10 da Trabzon aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.

“Hozirda havo kemasi bortidagi 240 yo‘lovchi hayotiga hech qanday xavf yo‘q. Yaqin vaqt ichida barcha yo‘lovchilar Trabzon shahrida joylashgan mehmonxonaga joylashtirilib, tez fursatlarda belgilangan manzilga – Istanbul shahriga yetkaziladi”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, ushbu sabab tufayli HY274/25MAY22 Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovi vaqti kechiktiriladi (Istanbul mahalliy vaqti bilan jadvalga muvofiq 21:45 rejalashtirilgan parvoz). 

Kompaniya Istanbuldan Toshkentga yo‘lovchilarni olib ketish uchun rezerv havo kemasini yuborish masalasi ishlab chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

837

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing