Toshkentdan Dehliga barcha parvozlar bekor qilindi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways”AJ haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni ertaga, 18 iyundan boshlab bekor qiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, reyslar O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan bekor qilingan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, yo‘lovchilar bekor qilingan qatnov avichiptasi uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarib olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha  HY 421 reysi Hindiston fuqaro aviatsiya boshqarmasi tomonidan avval berilgan ruxsatnomaning bekor qilinishi sabab qoldirilgandi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing