Toshkentdagi maktablardan birini suv bosdi
Jamiyat
−
12 fevral 2020
8306Bugun, 12 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 71-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining hovlisi suvga to‘lgani videosi tarqaldi.
Videoda ko‘rinib turibdiki, bino ichkarisdagi o‘quvchilar hovliga chiqa olmayapti, tashqaridagilar esa ichkariga kira olmayapti. Voqea tushdan keyin, katta ehtimol bilan darslar tugagandan so‘ng ro‘y bergan. Chunki, sinfxonalarning chirog‘i yoniq, kun ham kech bo‘lganini videotasvirdan anglasa ham bo‘ladi.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Bu tabiiy holat. Ammo ushbu tasvirdagi manzara kishini tashvishga soladi. Buncha suv to‘planganiga qaraganda, bu maktabda bu muammo bir yillik yoki ikki yillik tashvish emas, ancha yillardan beri yuzaga kelgan masala ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin.
LiveBarchasi