Toshkentdan $27,3 ming va 1,8 mln rublni yashirib Istanbulga olib ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi ushlandi

3-sahifa

image

“Toshkent” xalqaro aeroportida 27,3 ming AQSH dollari va 1,8 mln rublni tamaki qutilariga yashirib, Istanbulga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan qo‘shni davlat fuqarosi ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Istanbulga parvozi oldidan bojxonadagi yashil yo‘lak orqali harakatlangan qo‘shni davlat fuqarosiga tegishli yukning nazorat-rentgen uskunasi ekranidagi tasvirlari shubhali aks etgan. Shundan so‘ng, mazkur bagajlar tekshirib ko‘rilgan. 

Aniqlanishicha, qo‘shni davlat fuqarosi sumkalarda 27 300 AQSH dollari hamda 1,8 mln rublni tamaki qutilari ichiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Toshkent” xalqaro aeroportida 286 900 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ norin, kabob, paxlava kabi yeguliklar orasiga yashirib olib chiqib ketish vaqtida ushlab qolingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing