Toshkentdagi yer osti tunneli yopildi
Jamiyat
−
01 dekabr 2022 6726 1 daqiqa
Toshkentda Shimoliy temir yo‘l vokzali oldidagi yer osti tunneli 15 dekabrgacha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 1 dekabridan 15 dekabriga qadar Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasining Mirobod tumani Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni yopiladi.

Qayd etilishicha, bunga sabab hududda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bo‘lgan.
“Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi