Toshkentdagi yana bir yo‘l vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
18 iyul 4624 1 daqiqa
Bugun, 18 iyul kunidan boshlab Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi ayrim yo‘llar qurilish-montaj ishlari sababli yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumandagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi bugun, 18 iyul 15:00 dan 21 iyul 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Hokimlik ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Live
Barchasi