Svetlana Ortiqova Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Svetlana Boymirzayevna Ortiqova 1962 yili Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1987 yili hozirgi Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos, 1993 yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan. 

U 2010-2014 yillari Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida, shuningdek, 2010 yildan 2015 yilgacha Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Svetlana Ortiqova O‘zbekiston parlamentining Yuqori palatasida 2015 yildan 2019 yilga qadar Senatga raislik qilgan Nig‘matilla Yo‘ldoshevga o‘rinbosarlik qilgandi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil iyunida O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tojiyev Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Senat Svetlana Ortiqova

Baholaganlar

167

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing