Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in yuz berdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 1 may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qo‘shbegi ko‘chasidagi texnopark hududida joylashgan sintifon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Poytaxt FVBga kelib tushgan xabarga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:45 da qurshab olingan va soat 08:09 da to‘liq bartaraf etilgan.

FVV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in texnopark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing