Toshkentdagi supermarketning ehson qutisiga 50 ming dollar tashlab ketildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i tomonidan o‘rnatilgan ehson qutisiga 50 ming dollar miqdoridagi pul tashlab ketildi. Bu haqda tarmoq rahbari Zafar Hoshimov ma’lum qildi.

“Bugun navbatdagi quti ochilib, pullar sanalib, taxlayotganimizda, qutidan o‘ndan ortiq oq konvert chiqdi. Ularni ochib qarasak, konvertlar ichida jami  50 ming dollar pul bor ekan.

Og‘ir kasalga chalingan bolakaylarga Ramazon oyining tabarruk kunlarida shunday go‘zal ehson qilgan noma’lum inson amali ezgulik, olijanoblik va muqaddas Ramazon oyi hislatlariga bo‘lgan ishonchimizni yanada orttirdi”, deb yozadi tadbirkor.

Hoshimovning ma’lum qilishicha, korxonada ushbu qutilarga tushgan barcha mablag‘lar “Ezgu amal” hayriya jamg‘armasi hisobiga yo‘naltiriladi. Bu jamg‘arma saraton kasaliga yo‘liqqan bolalarga yordam berishga ixtisoslashgan.

Ma’lum qilinishicha, pullar o‘zbek so‘miga o‘girilib, 564 mln 120 ming so‘m jamg‘armaga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2516

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made