Toshkentdagi “stoyanka”da turgan ikkita yuk mashinasi portlab ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi avtoturargohlardan birida ikkita yuk avtomobili portlab ketgani va buning oqibatida boshqa avtomobillarga ham zarar yetgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan “SamAuto” kompaniyasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 23 iyun kuni Isuzu shassisi asosida harakatlanuvchi ikkita yuk avtomobilida gaz ballonlarining portlash holatlari qayd etilgan. 

Korxonaning ma’lum qilishicha, “SamAvto” tegishli davlat idoralari bilan birgalikda hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

“Texnik guruh dastlabki ekspertizani o‘tkazish va portlashlar sabablarini aniqlash uchun ichki ishlar organlariga surishtiruv ishlarida ko‘mak berish uchun voqea joyiga jo‘nab ketdi”, deyiladi xabarda.

Biroq, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, kecha, 23 iyun kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasida “Jiguli” rusumli mashina portlab ketgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

784

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing