Toshkentdagi shifoxonalarda “Elektron poliklinika” joriy etildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi 88 ta poliklinikada “Elektron poliklinika” axborot tizimlari joriy etildi. Bu haqda AOKAdagi brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ma’lum qildi:

”Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha kelgusi 3 yilda hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha 1627 ta loyiha amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish bo‘yicha 2020-2022 yillarda 42 ta vazirlik va idorada jami 260 dan ortiq loyihani amalga oshirish boshlab yuborilgan. Qator loyihalar 2020 yilning o‘zida yakuniga yetdi”, deydi Sodiqov.

Unga ko‘ra, “Raqamli Toshkent” dasturi doirasida 30 dan ziyod axborot tizimini yaratish va integratsiyalar loyihasi amalga oshirilmoqda.

Tibbiyot sohasida IT-texnologiyalarni joriy qilish, jumladan “Yagona tez tibbiy xizmat” axborot tizimini tashkil etish orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qilishga sarflanadigan vaqtni ikki barobarga qisqartirishga erishilgan. Toshkent shahridagi 88 ta oilaviy poliklinikada “Elektron poliklinika” axborot tizimlari joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing