Toshkentdagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yashnabod tumanida joylashgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 13 fevra kuni soat 19:31 da  Yashnobod tumanidagi Aviasozlar 3-tor ko‘chasida joylashgan ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 19:37 da yetib borib, yong‘inni soat 20:07 da to‘liq bartaraf etgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ofat oqibatida binoning taxminan 200 kvadrat metr maydoni zararlangan bo‘lib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi barchadan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing