Toshkentdagi maktabda o‘quvchilarning kalta paypoq kiygani tekshirildi. Maqsad – LGBTga qarshi kurash

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahridagi maktablarning birida o‘quvchilarning kalta paypoq kiygan-kiymagani tekshirilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xodimi Shahnoza Soatova Telegram’dagi kanalida yozmoqda.

Soatovaning qayd etishicha, bu holat bolalarga LGBTga qarshi kurash, deb tushuntirilgan.

“Kecha o‘g‘limning sinfiga kirib, dars payti bolalarning oyoq kiyimini yechtirib, paypog‘ini ko‘rishibdi: kaltami-uzunmi? Kalta paypoqli oyoqlarni suratga olishibdi. Buni LGBTga qarshi kurash, deb tushuntirishibdi”, deb yozadi u.

Shuningdek, Shahnoza Soatova “maktablarga dars o‘rniga LGBT mavzusini ortiqcha eslatadigan ma’ruzalar kirib borganini” qoralagan.

Adliya vazirining maslahatchisi ushbu topshiriq Xalq ta’limi vazirligidan berilmaganini ma’lum qilgan:

“Surishtirib ko‘rsam, Xalq ta’limi tizimidan bunday topshiriq tushmagan. Demak, boshqa bir tashkilotning topshirig‘i (balki, kimningdir shaxsiy tashabbusidir ” yaxshi gumon)”.

Uning postida maktabning raqami va aniq manzili keltirilmagan. 

Ma’lumot uchun, bundan avval ham televideniyeda kalta paypoqning LGBT ramzi ekani ta’kidlangach, ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans keltirib chiqargandi.

O‘zbekistonda yaqin orada keskin norozilik uyg‘otgan, hattoki namoyishlar o‘tkazilishigacha yetib borgan LGBT mavzusining “olovi” pasayganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Jamiyat orasida norozilik va muhokamalar, mavzuga oid tortishuvlar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

698

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing