Toshkentdagi maktabda o‘quvchi qiz vahshiylarcha kaltaklandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 103-yordamchi maktab-internatida o‘quvchi qizning kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Unda aytlishicha, qizaloq maktab-internatining kechki smena tarbiyalanuvchilari tomonidan kaltaklangan. 

Videolavhada qizning butun badani bo‘ylab ko‘kargan zarba izlarini ko‘rish mumkin.

Ushbu holatga aniqlik kiritish va voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova bilan bog‘landi.

Rustamovaning ma’lum qilishicha, holatdan vazirlik rahbariyati xabardor. Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari tomonidan voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan. 

XTV rasmiysi huquq-tartibot organlaridan berilgan xulosalar asosida ushbu holat bo‘yicha OAVga batafsil ma’lumot berilishini va’da qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3065

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing