Toshkentdagi maktabda daraxtlar kesib tashlandi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumani 171-umumta’lim maktabidagi daraxtlar kesilganligi haqida xabarlar e’lon qilindi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, hozirda mazkur holatni Toshkent shahar hokimligi, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi hamda Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.

Kuzatuv kameralaridagi tasvirlarni o‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, daraxtlar 28 may kuni maktabga tutash hududni egallagan garaj xo‘jaligi vakili tomonidan kesilgan. E’lon qilingan suratda taxminan 2 metr bo‘lgan 20 ta daraxt ustunini ko‘rish mumkin.

“Hozirda o‘rganish davom etmoqda va uning natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

kesilgan daraxtlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar