Toshkentdagi mahalladan uzluksiz sassiq hid kelishining sababi nima?

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Sergeli tumani O‘zgarish mahallasida uzluksiz yoqimsiz hid kelayotgani haqidagi shikoyatlar keliyub tushdi. “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ tomonidan ushbu holat bo‘yicha videolavha tayyorladi.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ bosh muhandisi Abduqodir Alimov fikriga ko‘ra, yoqimsiz hid taralishining asosiy sababi “Salar” to‘yintirish inshooti hamda Bo‘zsuv kanaliga turli korxona va tashkilotlar tomonidan oqova suvlar va chiqindilarning oqizilishidir.

“Bu yerdan shunaqa sassiq hid keladiki, chidab bo‘lmaydi. Uyimizdagi pardalargacha o‘rnashib qolgan. Uyda niqob taqaman, atir sepaman – foydasi yo‘q. Hozir yo kelyapti. Derazalarni ham yopa olmaymiz. Bu hidning qayerdan kelayotganini bilolmayapmiz”, deydi fuqarolardan biri.

Alimovning so‘zlariga ko‘ra, ularning inshootida suv ikki, uzog‘i bilan uch soat turib qolishi mumkin, undan keyin chiqib ketadi. Kechasiyu kunduzi keladigan suvlar bir xil tozalab chiqariladi. Buni o‘chirib-yoqishning imkoni yo‘q.

Ma’lum qilinishicha, “Bektemir” va “Salar” oqova suv tozalash inshooti yaqinidagi korxonalarga MCHJ tomonidan yuzlab ogohlantirish berilgan, laboratoriya tahlillari muntazam olib borilib, kompensatsiyalar undirib kelinadi.

“Hamma havo isiganidan keyin eshikni ochadi. Eshikni ochsangiz, sassiq hid kirsa, uyga o‘tirib qoladi. Kunduz kuni kirsangiz ham uydan u hid ketmaydi. “Osvejitel”ga tomoqlarimiz allergiya bo‘lgan. Tunda bu hidning o‘tkiri keladi”, deydi fuqarolardan biri. 

Ma’lumot uchun, “Salar” to‘yintirish inshooti Toshkent shahrining Janubiy qismida Salar arig‘ining qirg‘og‘ida joylashgan. 1961 yil 12 aprelda 25 ming metr kub quvvat bilan ishga tushirilgan. Inshoot maydoni 95,4 gektarni tashkil etadi. Loyihaviy tozalash quvvati – 1068 ming m3 bo‘lib, ishchi quvvati – 960 ming metr kubni tashkil etadi.

Hozirgi kunda Toshkent shahrining Yakkasaroy, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yashnobod, Sergeli tumanlaridan – 800-850 ming m3 oqova suvini qabul qilib tozalab chiqaradi.

“O‘zsuvta’minot” AJning xabar berishicha, nshootdagi uskuna va mexanizmlar, binolarning hozirgi holati talablarga to‘liq javob beradi. 2017 yilda me’yoriy talablar (PDS) hujjati ishlab chiqilgan va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Tozalangan oqova suvlar me’yoriy talablar darajasiga yetkazilib, Salar kanaliga oqiziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made