Toshkentdagi ko‘p qavatli uyga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:09 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Qo‘yliq mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uyning 7-qavatidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 16:17 da yetib borib, yong‘in 16:37 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, qutqaruvchilarning tezkor sa’y-harakati natijasida yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda hodisa sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Yashnobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing