Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

3-sahifa

image

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlashi oqibatida bir kishi jarohatlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Bugun, 30 dekabr kuni soat 08:21 da Toshkent shahrining Mirobod tumani “S.Azimov” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. 

Ushbu hodisada bir kishi jarohatlangan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari yetib borgan. 

“Qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin daqiqalarda taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing