Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtinchalik yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mustaqillik shohko‘chasining bir qismi ichimlik suvi quvuridagi nosozlik sabab vaqtinchalik yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlik tufayli mazkur ko‘chaning Abdulla Qodiriy va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari oralig‘idagi yo‘lning bir tomoni ertaga, 23 avgust soat 06:00 ga qadar vaqtincha yopiladi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani Asaka va Darxon ko‘chalaridagi ulgurji va chakana iste’molchilar ertaga, 23 avgust soat 07:00 ga qadar ichimlik suvi tarmog‘idan uziladi.

“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing