Toshkentdagi xujrada bolalarni urib, diniy ta’lim berayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida A. ismli shaxs xujra tashkil qilib, bolalarni o‘qlov bilan urib, diniy ta’lim berib kelgan shaxs ushlandi. Ota-onalar bolalarining diniy ta’lim olishlari uchun 150-200 AQSH dollaridan berib kelgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahari Shayxontohur tumani IIO FMB Terrorizm-ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda “Janggoh” mahallasida A. ismli shaxs o‘z xonadonida xujra tashkil qilib, noqonuniy diniy ta’lim berayotgani aniqlangan.

Diniy ta’lim berishga hech qanday ruxsati va ma’lumoti bo‘lmagan ushbu fuqaro voyaga yetmagan bolalarni ta’lim berish jarayonida o‘qlov bilan urib, turli darajada jarohat yetkazib kelgan. Ota-onalar bolalarining diniy ta’lim olishlari uchun 150-200 AQSH dollaridan berib kelgan.

Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

473

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing