Toshkentdagi Ilon ota masjidi yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Ilon ota jome masjidi yaqinidagi binoda yong‘in sodir  bo‘lgani aks etgan videolavhalar tarqalgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 22 iyul kuni soat 18:21 da Chilonzor tumani Al-Xorazmiy ko‘chasi 63-uyda joylashgan qurilishi yakunlanmagan oshxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Alangani o‘chirish uchun FVB tomonidan 5 ta yong‘in-qutqaruv texnikalari jalb etilgan. 

Hodisa oqibatida binoning ichki va tom qismidan 200 kvadrat metr yonib zararlangan. Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 600 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Soat 18:49 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

422

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing