Toshkentdagi “dom”larning biridan odamlar evakuatsiya qilinmoqda

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda joylashgan ko‘p qavatli uydan odamlar ko‘chirib o‘tilmoqda. Bunda xonadonlarda yuzaga kelgan yoriqlar sabab bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, Chilonzor tumani “Naqqoshlik” MFY Naqqoshlik ko‘chasi 3 a-uyda inson salomatligi va hayoti xavfsizligiga ta’sir qiladigan darajada yoriqlar paydo bo‘lgan. Mazkur manzildagi tuman hokimi S.Xolxo‘jayev boshchiligidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent shahar va tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan fuqarolarni boshqa manzillarga ko‘chirishga qaror qilingan.

“Hozirda ushbu xonadonlarda yashovchi 104 nafar fuqarodan 41 nafari ya’ni 15 ta oila boshqa manzillarda istiqomat qiluvchi yaqinlarining xonadonlariga ko‘chib o‘tmoqda. 17 ta xonadonda yashovchi 63 nafar fuqaro esa vaqtincha turar joy bilan ta’minlandi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, unda ayni paytda mutasaddilar tomonidan ushbu uy aholisini turar joy bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, Chilonzor tumani “Naqqoshlik” MFY, Naqqoshlik ko‘chasi 3 a-uy 1968 yilda qurilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing