Toshkentdagi bozorda savdogarlar janjal ko‘tardi
3-sahifa
−
28 aprel 23330 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi bozorlardan birida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 aprel kuni taxminan soat 16:30 larda Yashnobod tumanidagi bozorlardan birida shu bozorda savdo qiluvchi fuqarolar – 1998 yilda tug‘ilgan A.A., 2006 yilda tug‘ilgan Z.D., 1982 yilda tug‘ilgan N.E. hamda 1984 yilda tug‘ilgan M.M. lar tortishib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro janjallashib ketgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Jizzax shahrida erkak va ayol sotuvchi homilador ayolni kaltaklagan edi. Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan ayolni do‘pposlaganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi