Og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlar 1700 nafardan oshib ketdi
Jamiyat
−
09 avgust 2020
10667Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar 700 nafarga yetmay, 691 kishini tashkil etdi. 6 kishi vafot etdi.
Mamlakatda 691 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Toshkent va Navoiy viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Namangan hamda Navoiy viloyatlarida jami 726 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 30 609 nafar bemordan 22 042 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 373 nafar bemordan 1 378 nafari og‘ir, 386 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi