Toshkentdagi bir nechta yo‘l oy oxirigacha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Tolimarjon va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida olb boriayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 31 yanvarga qadar bir nechta harakatlanish yo‘nalishlari yopiq bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Yopiladigan yo‘nalishlar quyidagilar:

  • Sayxun ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga to‘g‘ri chiqish yo‘li;
  • Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Sayxun  ko‘chasiga to‘g‘ri tushish yo‘li;
  • Tolimarjon ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga burilish — “O‘zelektroapparat” zavodidan “Farg‘ona” dehqon bozori yo‘nalishda;
  • “Islom ota” masjididan “O‘zbek qog‘ozi” OAJ yo‘nalishdagi dublyor yo‘li.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l qismida yo‘l ta’mirlash ishlari jarayonida transport oqimini taqsimlash uchun Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari oralig‘idagi qaytish yo‘l bo‘ylab ikki tomonlama harakatlanish ochiladi.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing