Toshkentdagi bino va unga qo‘shni uyda yong‘in kelib chiqdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyun kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Mashhadiy ko‘chasida joylashgan “PEGAS BAR GRIL” MCHJ binosi va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 14:20 da xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:27 da yetib borgan. Yong‘in soat 14:48 da o‘rab olinib, soat 15:03 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘indan “PEGAS BAR GRIL” MCHJ binosining 120 kvadrat metr maydonida ichki va tom qismi hamda unga tutash bo‘lgan uyning 30 kvadrat metr maydonida tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 90 kvadrat metr maydon saqlab qolingan. 

Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing