Toshkentdagi beshta ko‘cha vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkentda bugun, 5 iyun kuni beshta ko‘cha avtomobil harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘yidagi ko‘chalar “Mirobod yoshlar marafoni” o‘tkazilishi munosabati bilan soat 10:00 dan 12:00 gacha avtomobil harakati uchun yopiladi:

•  Oybek ko‘chasi bo‘ylab: Oybek va Turkiston ko‘chalari chorrahasidan Oybek hamda Nukus ko‘chalari chorrahasigacha;

•  Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasidan Oybek hamda Chexov ko‘chalari chorrahasigacha;

•  Oybek va Chexov ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob hamda Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;

•  Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab, Sharof Rashidov va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasigacha;

•  Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab: Islom Karimov va Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasigacha.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

297

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing